Hamkor tashkilotlar 2022 yil


Institut 26 ta davlatning (Rossiya, AQSH, Sloveniya, Slovakiya, Xorvatiya, Chexiya, Germaniya, Vengriya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Niderlandiya, Shvetsiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Yaponiya, Ukraina, Qozog’iston, Аfg`oniston, Qirg’iziston, Tojikiston) 50 dan ortiq universitetlari, 20 ga yaqin ilmiy-tadqiqot markazlari, tashkilot va kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo’lib, shulardan 47 tasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlari imzolangan. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, jamoat tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Koreya Respublikasining KOICA, Slovakiya, Chexiya, Shvetsariya, Germaniya, Vengriya va AQSHning O’zbekistondagi elchixonalari, Yaponiyaning JICE, JICA, Germaniyaning GOETHE instituti, GIZ va GTZ tashkilotlari, Buyuk Britaniyaning British Council, Isroilning MASHAW va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari, YUNESKO, BMTning Rivojlantirish dasturi (UNDP), Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI), Folksvagen fondi (Volkswagen), Qurg’oqchil mintaqalar bo’yicha qishloq xo’jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik hamkorlik (CAREC) kabi xalqaro tashkilot va institutlar bilan mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.